TDTU delegatsiyasining Nagoya universitetiga tashrifi davomida uchrashuvlar amalga oshirildi.

TDTU delegatsiyasining Nagoya universitetiga tashrifi davomida uchrashuvlar amalga oshirildi.

2023-yilning 13-14 iyul kunlari Toshkent davlat texnika universiteti delegatsiyasi Nagoya universitetida bir qator uchrashuvlar va tashriflarni amalga oshirdi.

         Xususan, Nagoya universiteti professorlari N.Mizutani, K.Tataishi va T.Yamomotolar bilan birgalikda Yaponiyaning JABEE akkreditatsiya agentligi talablari bo‘yicha o‘zaro uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida JABEE akrreditatsiyasi mezonlari hamda asosiy e’tibor berish zarur bo’lgan ko‘rsatkichlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

         “Power electronic systems” laboratoriyasiga tashrif buyurildi va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

         “NUSIP” talabalar yozgi dasturi doirasida tashkil etilgan darslarda ishtirok etildi. Ushbu dasturda TDTUning ikki nafar talabasi ham ishtirok etayotgan bo‘lib, ularning yapon tili va mutaxassislik fanlaridan tashkil etilgan o’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Dastur bo‘yicha mas’ul professor Sakaiga TDTU talabalari uchun yaratilgan sharoitlar uchun TDTU rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi va kelgusida yaponiyalik talabalar uchun TDTU da ham yozgi dasturlarni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

          Nagoya universitetining yuqori texnologiyalar markaziga tashrif buyurildi. U yerdagi yaratilgan shart-sharoitlar va korxonalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishildi.

🌐TDTU Matbuot xizmati

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *