XALQARO HAMKORLIK BO'LIMI

         Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tarkibidagi “Xalqaro hamkorlik bo‘limi” universitet rektoriga bo‘ysinuvchi bo‘lim hisbolanadi. Bo‘lim mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev aytib o‘tganlaridek har bir oliy taʼlim muassasasida horijlik talabalar va professor o‘qituvchilar sonini oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish va bajarish uchun tashkil qilingan bo‘lim hisoblanadi. 

bO'LIMNING MAQSADI

           Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu munosabat bilan Xalqaro hamkorlik bo’limi institut bilan dunyoning boshqa ta’lim muassasalari o’rtasida do’stona, madaniy, o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatish va ularni takomillashtirib boradi. Shuningdek, u professor-o’qituvchilarning xorijda malakasini oshirish bo’yicha stajirovkalar va qisqa muddatli o’quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo’yicha Erasmus, YUNESCO, “El-yurt umidi” Jamg’armasi, Yevropa Ittifoqi va boshqa ko’plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiyali dasturlarda qatnashish borasida maslahatlar beradi.

bO'LIMNING VAZIFALARI

 universitet tomonidan xorijiy universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o’rnatilgan aloqalarni, jumladan, shartnoma, kelishuv, memorandumlar ijrosini ta’minlash;

 xorijiy mutaxassislar, professor-o’qituvchilar hamda talabalarni universitetga tashrifini tashkil qilish;

 ta’lim va o’quv jarayonini takomillashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar jalb qilish;        

 xorijiy grantlarni olish bo’yicha professor-o’qituvchilar, izlanuvchilar va tadqiqotchilarning ishtirokiga oid masalalarga ko’mak berish;

 professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va ilmiy xodimlarning xorijiy safarlari bo’yicha hujjatlarini rasmiylashtirishda maslahatlar berish;

 professor-o’qituvchi, tadqiqotchi, ilmiy xodim va talabalarning turli xalqaro grant loyiha va dasturlarda, ta’limga oid fondlarda ishtirok etishlari uchun tavsiyalar berish;        

 O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus vakillari bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish va kengaytirishdan iborat. 

BIZNING JAMOAMIZ

Azimov Shavkat Shuxratovich

Lavozim: Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Ilmiy darajasi: Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dotsent

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba , Juma (15:00-16:30)

Telefon raqami: +998 71 246 47 25

photo_2022-12-11_19-49-21

matyakubov saidjon

Lavozim: Metodist

Ilmiy darajasi: 

Qabul kunlari: Dushanba, Juma (15:00-16:30)

Telefon raqami: +998 99 401 73 02

jurayev po'latjon

Lavozim: Metodist

Ilmiy darajasi: 

Qabul kunlari: Dushanba, Juma (15:00-16:30)

Telefon raqami: +998 97 748 04 16